Qurbon hayiti — mehr-oqibat va saxovat ayyomi
2026-05-26 18:30:00 / Yangiliklar

Amudaryo tumani Arna bo‘yi mahallasida Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maxsus qarori asosida “Vaqf” fondi jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ajratilgan oziq-ovqat mahsulotlari davlat ta’minotidagi 27 ta oilaga yetkazib berildi.
Bayram arafasida amalga oshirilgan ushbu ezgu ish orqali ehtiyojmand oilalarning holidan xabar olinib, ularga mehr va e’tibor ko‘rsatildi.
Yurtimizda inson qadri, saxovat va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tamoyillari asosida amalga oshirilayotgan bunday xayrli tadbirlar jamiyatimizda birdamlik va mehr-muruvvat muhitini yanada mustahkamlamoqda.









