Hokim sayyor qabuli bo'lib o'tdi
2026-05-23 15:35:00 / Yangiliklar

Amudaryo tumani hokimi tomonidan 21-may kuni “Qizilcholi” mahalla fuqarolar yig‘inida aholi va tadbirkorlar, yoshlar uchun sayyor qabul o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularni qiynab kelayotgan dolzarb muammolar o‘rganildi. Asosan:
🔹 ko‘cha yo‘llariga tosh yotqizish,
🔹 imtiyozli kredit ajratish,
🔹 elektr ta’minotini yaxshilash,
🔹 ichimlik suvi tarmog‘ini tortish kabi masalalari yuzasidan murojaatlar kelib tushdi.
Sayyor qabul davomida jami 11 nafar fuqarodan 13 ta murojaat qabul qilinib, ularning barchasi alohida nazoratga olindi.
Ko‘tarilgan muammolarni ijobiy hal etish yuzasidan tegishli soha rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi.



