“So‘nggi qo‘ng‘iroq” — yangi hayot sari muhim qadam
2026-05-25 18:30:00 / Yangiliklar

Amudaryo tumanidagi umumta’lim maktablarida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki ruhda davom etmoqda. Jumladan, 40-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan bayram tadbiri tantanali ruhda o‘tkazildi.
Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning maktab bitiruvchilariga yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi.
Unda Amudaryo tumani hokimi Sobir Xo'jametov ishtirok etib, bitiruvchi yoshlarni, ularning ota-onalari hamda ustozlarini ushbu unutilmas kun bilan samimiy muborakbod etdi.
Ta’kidlanganidek, bugungi bitiruvchilar Yangi O‘zbekistonning ertangi bunyodkorlari bo‘lib, ularning bilimli, tashabbuskor va vatanparvar bo‘lib voyaga yetishi mamlakat taraqqiyotining muhim omilidir.
Mazkur maktabning 11-sinfini 143 nafar o‘quvchi tamomlayotgan bo‘lib, ular orqali tumandagi barcha bitiruvchilarga ezgu tilaklar bildirildi.
Ma’lumot uchun, joriy yilda Amudaryo tumanidagi 86 ta umumta’lim maktabini jami 3238 nafar bitiruvchi tamomlamoqda.









