Amudaryo tumani prokurori Bahram Masharipovning tuman aholisiga murojaati
2026-05-25 17:50:00 / Yangiliklar

Hurmatli fuqarolar!
Hududda joriy yilning o‘tgan davrida sodir etilgan jinoyatlar ko‘rsatkichi kamaygani bilan, bezorilik jinoyati oshganini ko‘rsatmoqda.
Albatta, tuman hududida bezorilik jinoyatini oldini olishda jamoat joylarida nazorat kuchayttirilmoqda, bunda kameralar o‘rnatish, kechkii reyd va patrul xizmatlarini kupayttirish, mast holda bemaqsad yurgan shaxslarni aniqlash va ularni xushyorxonalarga joylashtirish, joylarda huquqiy targ‘ibot kuchayttirish kabi qator profilaktik tadbirlar tizimli amalga oshirilmoqda.
Ammo, har birimiz o‘zimizda tarbiya, nazorat va qonunga hurmat kabi hissiyotni singdirmasak ko‘zlangan natijaga erishib bo‘lmaydi.
Tahlillarga ko‘ra, oilaviy tarbiyaning yetishmovchiligi, ota-ona nazorati sustligi, oilada yuzaga kelgan nosog‘lom muhit, odob-ahloq qoidalariga rioya etmaslik, ko‘cha muhitidagi salbiy odatlar, spirtli ichimlik ta’siri, o‘zinio‘zi ko‘rsatish yoki boshqalardan ustun qo‘yishi istagi kabi omillar mazkur toifadagi jinoyatlarga yo‘l ochib bermoqda.
Qadrli yurtdoshlar !
- jamiyatda havfsiz muhitni ta’minlash ishlariga barchamiz birdek mas’uliyat bilan yondoshishimiz;
- jamoat joylarida qonunga iotat va jamoat tartibiga so‘zsiz rioya qilish; -farzandlarimizga hurmat, sabr va madaniyatni o‘rgatish;
-har qanday janjallar, nizolar tinch va qonuniy yo‘llar bilan hal etish choralarini ko‘rish;
-jamoat joyida tartibbuzarlik va boshqa holatlarga befarq bo‘lmaslik;
-yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga, shu jumladan turli to‘garak va tadbirlarga jalb qilish;
-spirtli ichimlik va zararli odatlardan uzoq bulish, mast holdagi janjal va bezoriliklarning olini olish choralarini ko‘rish lozim.
Zero, tinch va havfsiz jamiyat – har bir fuqaroning mas’uliyati.
E’tiborlaringiz uchun rahmat!
