Amudaryo tumani IIB boshlig‘i podpolkovnik Maxsud Sherimbetovning aholiga murojaati
2026-05-25 17:10:00 / Yangiliklar

Assalaumu alaykum,
hurmatli Amudaryo tumani aholisi!
Hurmatli Prezidentimizning 2026-yil 5-yanvar kunidagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muxitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar haqida”gi PQ-1-2 son qaroriga asosan, mahallalarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish borasida qator ishlar amalga oshirildi.
Natijada, joriy yilning 4 oyi mobaynida tumanda sodir etilgan jami jinoyatlardan 35 tasi, oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlarga kiradi.
Shundan, o‘rtacha og‘ir tan jarohati yetkazish (2/1)
50 foizga, yengil tan jarohati yetkazish (5/2) 60 foizga, o‘lim bilan bog‘liq bo‘lmagan yo‘l-transport hodisalari (10/7) 30 foizga, o‘tgan yilga nisbatan kamaydi.
Lekin, tuman hududida o‘lim bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalari (1/3) 200 foizga o‘tgan yilga nisbatan oshishiga yo‘l qo‘yilgan.
Axborot texnologiyalaridan foydalangan holda sodir etilgan kiber jinoyatlar yildan-yilga o‘sib bormoqda.
Joriy yilning 4 oyi mobaynida fuqarolardan jami 78 ta kiber jinoyatlar haqida murojaatlar kelib tushgan.
Shundan, 71 ta holatda Internet tarmoqlari orqali firibgarlik yo‘li bilan pullarini o‘tkazib olish (firibgarlik), 7 ta holatda fuqarolarning bank kartalaridan pul yechib olingan. (o‘g‘irlik).
Hurmatli fuqarolar!
Sizlarni kiber jinoyatlardan ogoh qilish, firibgarlar tuzog‘iga tushub qolishingizning oldini olish maqsadida:
- sizga “kartangizni ijoraga olamiz, oyiga pul to‘lab beramiz” degan takliflarga;
- aksiya bo‘lmoqda, siz pul yutdingiz, sizga qimmatbaho savg‘o kelib tur, yordam puli berilmoqda, pullaringizni ko‘paytirib beramiz degan notanish shaxslarga ishonib qolmaslikni;
- internet tarmoqlaridan kelgan rasmdagi sizmi, sizning eski rasmingizni topdik va boshqa ARK virusli fayllarni ochmaslikni;
- rus tilida gaplashib, o‘zini bank mutaxasisi yoki huquq tartibot xodimi deb tanishtirgan va boshqa notanish shaxslarga bank kartasi parol va raqamlarini bermaslikni;
- onlayn savdo reklamalariga ishonib, qo‘lingizga kelib to‘shmagan tovarlar uchun oldindan pul o‘tkazib bermaslikni;
- chet davlatlarda ish taklif qilgan shaxslarga ishonib, ularga oldindan pul o‘tkazib bermaslikni so‘rab qolaman.
Shuningdek, onlayn qimor uynash – inqiroz va xalokatga olib borishini unutmasligimiz kerak.
O‘g‘rilik jinoyatlari ko‘plab sodir etilayotganligi sababli hurmatli fuqarolar va tadbirkorlardan:
- xonadonlar va savdo obyektlarini qo‘riqlash pultiga ulashlarini;
- savdo obyektlari atrofini tungi paytlarda yoritish chiroqlari va videoko‘zatuv kameralari bilan jihozlashlarini;
- charvo mollarini dala va yaylovlarda qoravsiz qoldirmasliklarini so‘rab qolamiz.
Tumanimizda yo‘l-transport hodisalari, ayniqsa o‘lim bilan bog‘liq holatlar ko‘plab sodir etilayotganligi sababli, haydovchilardan yo‘l harakati qoydalariga qat’iy rioya qilishi va tezlikni belgilangan me’yordan oshirmasliklarini so‘rayman.
Hurmatli fuqarolar! Huquqbuzarlik va jinoyat sodir etib yurgan shaxslar haqida ma’lumotga ega bo‘lsangiz mahallalarda profilaktika inspektorlariga yoki *112,
61-515-35-02, 61-515-15-02 telefon raqamlariga xabar berishingizni so‘raymiz.
E’tiborlaringiz uchun rahmat!
