Amudaryo tumani prokurori Bahram Masharipovning tuman aholisiga murojaati
2026-05-01 15:05:00 / Yangiliklar

Hurmatli fuqarolar!
Keyingi vaqtlarda sodir etilayotgan jinoyatlarning
deyarli teng yarimini kibermakonda sodir etilayotgan
jinoyatlar tashkil etmoqda.
Albatta, fuqarolarimizni kiber tahdidlardan himoya
qilish, mazkur sohaga zamonaviy dasturiy – texnik yechimlar
va yangicha ish usullarini joriy etish bo‘yicha kompleks
choralar ko‘rilmoqda.
Ammo, har birimiz o‘zimizda bu turdagi jinoyatlarga
qarshi immunitet hosil qilmasak ko‘zlangan natijaga erishib bo‘lmaydi.
Tahlillarga ko‘ra, fuqarolarimiz e’tiborsizligi yoki
oson pul topish ilinjida internet tarmoqlari orqali
kelgan har xil fayllarni yoki havolalarni ochishlari
natijasida o‘zlarining shaxsiy ma’lumotlarini kiber-
makondagi jinoyatchilarga taqdim etib, ularning osonlik
bilan pullarini qo‘lga kiritilishiga yo‘l ochib berilmoqda.
Qadrli yurtdoshlar !
- jamiyatda xavfsiz muhitni ta’minlash ishlariga
barchamiz birdek mas’uliyat bilan yondoshishimiz;
- foydalanuvimizdagi axborot qurilmalarini ishlatishda ikki va undan ko‘p bosqichli kuchli parollardan foydalanish;
- shubhali xabarlarga ishonmaslik (noma’lum raqam yoki ijtimoiy manbalardan kelgan linklarni bosmaslik, yutuqlar va shoshilinch xabarlarga og‘ishmaslik);
- bank ma’lumotlarini hech kimga bermaslik (karta raqami, parollari);
- internet ijtimoiy tarmoqlarida faqatgina ishonchli sahifalaridan foydalanish;
- ijtimoiy tarmoqlarda ehtiyotkor bo‘lish (shaxsiy ma’lumotlar, manzil, telefon va hujjatlar ochiq joylashtirmaslik);
- noma’lum odamlar bilan ehtiyot bo‘lib muloqot qilish kabi ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish lozim.
Zero, jamiyatda huquqiy madaniyatni shakllantirish, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlashga har birimiz o‘z hissamizni qo‘shsak oilamiz, mahallamiz, yurtimiz - tinch va osoyishta maskanga aylanadi.
E’tiborlaringiz uchun rahmat!
