Hududlarda ipakchilikni rivojlantirish va xotin-qizlar bandligini ta’minlashga qaratilgan targ‘ibot ishlari davom etmoqda
2026-04-21 18:25:00 / Yangiliklar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Maryam Ahmedova tomonidan hududlarda ipakchilik sohasini rivojlantirish, ayniqsa xotin-qizlar bandligini ta’minlashga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari izchil tashkil etilmoqda.
Uchrashuvlar davomida aholiga ipakchilikning iqtisodiy ahamiyati, ushbu soha orqali barqaror daromad manbaini yaratish imkoniyatlari hamda xotin-qizlarni tadbirkorlikka keng jalb etish masalalari haqida batafsil ma’lumotlar berilmoqda.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-apreldagi 154-sonli qarori mazmun-mohiyati keng tushuntirilib, pilla yetishtiruvchilar uchun ajratiladigan ssudalar, subsidiyalar hamda ularning qulay shartlari haqida tushunchalar berilmoqda.
Ta’kidlanishicha:
* pilla yetishtiruvchilarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari kengaytirilmoqda
* subsidiyalar orqali boshlang‘ich xarajatlarni qoplash imkoniyati yaratilmoqda
* xotin-qizlar uchun yangi ish o‘rinlari va daromad manbalari shakllantirilmoqda









