“Yosh kitobxon” tanlovida amudaryoliklar yana bir bor yuksak natijalarni qo‘lga kiritdi!
2026-04-20 14:15:00 / Yangiliklar

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o‘tkazilayotgan “Yosh kitobxon” tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichida Amudaryo tumani vakillari munosib ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni egalladilar.
G‘oliblar bilan tanishing:
10–14 yosh toifasi:
1-o‘rin — Nurimbetova Shahrizoda Jo‘rabek qizi
Amudaryo tumani, “Do‘rmon” mahallasi
15–19 yosh toifasi:
2-o‘rin — Safarboyeva Charosxon Nodirbek qizi
Amudaryo tumani, “Do‘rmon” mahallasi
20–30 yosh toifasi:
2-o‘rin — Turkmanboyeva Nilufar Habibulla qizi
Amudaryo tumani, “Jayxun” OFY
Ushbu yutuqlar yoshlarimizning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishi, bilimga intilishi va intellektual salohiyati yuksak ekanidan dalolat beradi.
G‘olib va sovrindorlarni chin dildan muborakbod etamiz! Ularga kelgusida ham yanada ulkan zafarlar tilaymiz.
Kitob — tafakkur manbai, kelajak sari eng to‘g‘ri yo‘l!







