Amudaryolik dzyudochilar Nukusda yorqin natijalarni qo‘lga kiritdi!
2026-04-18 18:05:00 / Yangiliklar

2026-yil 18-aprel kuni Nukus shahrida sportning dzyudo turi bo‘yicha o‘smirlar va o‘smir qizlar o‘rtasida Qoraqalpog‘iston IIV Qo‘riqlash xizmati boshlig‘i kubogi uchun musobaqa bo‘lib o‘tdi. Ushbu bellashuvda turli hududlardan kelgan iqtidorli yosh sportchilar o‘z mahorati va kuchini sinovdan o‘tkazishdi.
Amudaryo tumani sport maktabi dzyudochilari ham musobaqada faol ishtirok etib, quyidagi natijalarga erishdilar:
Oltin medal sohiblari:
• 46 kg – Farhodov Suhrobbek
• 60 kg – Soliyev Sultonbek
Kumush medal sohiblari:
• 55 kg – Bahodirov Bunyodbek
• 66 kg – Qurbanbayev Abduvali
• 73 kg – Alimbayev Jahongir
• 52 kg – Pultova Monur
Bronza medal sohiblari:
• 50 kg – To‘libayev Diyorbek
• 55 kg – Gulmirzayev Jahongir
• 73 kg – Qurbanbayev Shohjahon
Ushbu natijalar Amudaryo tumani sport maktabi dzyudochilarining yuqori tayyorgarlik darajasini yana bir bor namoyon etdi.



