Amudaryo tumani prokurori Bahram Masharipovning tuman aholisiga murojaati
2026-04-07 17:50:00 / Yangiliklar

Assalomu aleykum, hurmatli fuqarolar!
So‘ngi vaqtlarda yo‘l - transport hodisalari, ya’ni avtoavariyalar soni ortib borayotgani barchamizni tashvishga solmoqda.
O‘tgan 2025-yil va joriy yilning o‘tgan davrida tuman hududida 50 ta yo‘l transport hodisasi bilan bog‘liq jinoyatlar sodir etilgan bo‘lib, ularning 13 tasida odamlar halok bo‘lgan.
Davlatimiz rahbari tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida tumanimizda aholimizning xoxhsh va istaklaridan kelib chiqib 200 km.dan ortiq ichki yo‘llar ta’mirlandi, 9 km. yo‘llar yangidan asfaltlandi.
Ammo, ayrim transport vositalari haydovchilari bu imkoniyat va qulayliklardan noto‘g‘ri foydalangan holda, tezlikni oshirmoqdalar, mast holda avtotrasportlarni boshqarmoqda, yo‘l harakati qoidalariga umuman bo‘ysunmasdan kelmoqdalar.
Oqibatda haydovchilarning noto‘g‘ri xatti-harakatlari mudhish voqea bilan yakunlanmoqda.
Bu kabi hodisalar nafaqat moddiy zarar, balki inson hayoti va sog‘lig‘iga jiddiy xavf tug‘diradi.
Shu munosabat bilan, barchangizdan:
✅ Avtomobil boshqarishda belgilangan tezlik me'yorlariga amal qiling;
✅ Yo‘l harakati qoidalarini buzmang va doimo ehtiyotkor bo‘ling;
✅ Mast holda yoki charchagan holda rulga o‘tirmang;
✅ Piyodalarga yo‘l bering va piyodalar o‘tish joyida ehtiyot bo‘ling;
✅ Bolalarni yo‘llarda nazoratsiz qoldirmang;
✅ Transport vositalarida xavfsizlik kamarlaridan doimo foydalaning;
✅ Telefondan foydalanib e’tiboringizni chalg‘itmang;
Aziz yurtdoshlar!
Har biringizning ongli va mas’uliyatli munosabatingiz orqali, ko‘plab baxtsiz hodislarning oldini olish mumkin.
Yo‘ldagi intizom – hayotimiz xavfsizligining asosiy kafolatidir.
O‘zingiz va yaqinlaringizni asrang!
Yo‘llarda ehtiyot bo‘ling – hayotingizni qadrlang!
Zero, yo‘l qoidasi – umr foydasi.
E’tiborlaringiz uchun rahmat!
