Yoshlar kuni doirasida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
2026-03-13 18:35:00 / Yangiliklar

Amudaryo tumani hokimi o‘rinbosari Nodirbek Kamolov tomonidan bir guruh yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda Mang‘it shahri hududidagi mahallalarda istiqomat qiluvchi yoshlar, shuningdek tegishli tashkilotlar rahbarlari hamda tijorat banklari mas’ullari ishtirok etdi.
Ochiq muloqot davomida yoshlarni qiynab kelayotgan muammolar atroflicha o‘rganildi. Xususan, yoshlar tomonidan:
🔹 tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish,
🔹 kredit mablag‘lari ajratilishida amaliy yordam ko‘rsatish,
🔹 doimiy ish bilan ta’minlash va bandlik masalalari yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Bildirilgan murojaatlar mas’ul rahbarlar ishtirokida muhokama qilinib, ayrim masalalar yuzasidan joyida tushuntirishlar berildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar tegishli tartibda ko‘rib chiqilishi belgilandi.









