Yurt obodligi — mahalladan boshlanadi!
2026-03-14 16:10:00 / Yangiliklar

Yurtimiz bo‘ylab “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hashari doirasida To‘lqin ovuli aholisi ham katta faollik bilan ishtirok etmoqda.
Mazkur xayrli tadbir davomida ovul hududida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Xususan, ko‘chalar va jamoat joylari tozalanib, atrof-muhitni tartibga keltirish ishlari olib borilmoqda. Daraxtlar ohaklanib, hududni yanada chiroyli va tartibli ko‘rinishga keltirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shuningdek, kelajak avlod uchun yanada yashil va musaffo muhit yaratish maqsadida ko‘plab daraxt ko‘chatlari ekilmoqda. Bu esa hududda ko‘kalamzorlashtirish ishlarini yanada kengaytirish, ekologik muhitni yaxshilashga xizmat qilmoqda.
Ko‘chat ekish jarayonlarida Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Alisher Yo‘ldashev ham faol ishtirok etib, yashil hududlarni barpo etish va tabiatni asrash yo‘lida o‘z hissasini qo‘shdi.









