Amudaryo tumani prokurori Bahram Masharipovning tuman aholisiga murojaati
2026-02-26 12:15:00 / Yangiliklar

Assalomu aleykum hurmatli vatandoshlar!
Bugungi kunda, muhtaram Prezidentimiz boshchiligida mamlakatdagi barcha sohalarda ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda.
Bu islohotlarning tub mohiyati, avvalo, inson qadrini ulug‘lash, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinlik-
larini ro‘yobga chiqarish, xalqning tinchligi hamda
osoyishtaligini ta’minlash va turmush farovonligini
oshirishga qaratilgani bilan ham ahamiyatli.
Yurtboshimiz qarorlari bilan huquqbuzarlik va jinoyatlarning barvaqt oldini olish, mamlakatda
kriminogen vaziyat barqarorligini ta’minlash bo‘yicha kuchaytirilgan ish tartibi joriy etildi.
Huquq – tartibotni mustahkamlash nafaqat huquqni
muhofaza qiluvchi organlar, balki boshqa idoralar va
keng jamoatchilikning umummilliy ishi hamda muhim vazifasiga aylandi.
Barcha kuch va vositalar, jinoyatlarning oqibati bilan kurashishga emas, ularni keltirib chiqarayotgan tub sabab va omillarni aniqlab, bartaraf etishga safarbar qilindi.
Bu borada keng jamoatchilik bilan hamkorlik yanada kuchaytirildi.
Huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish faoliyatini samarali tashkil etish borasida huquqni muhofaza qiluvchi organlarning muvofiqlashtiruvchi yig‘ilishi o‘tkazildi.
Mazkur yo‘nalishda har bir hududdagi kriminogen
vaziyatdan kelib chiqqan holda manzilli chora – tadbirlar belgilandi.
Huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish bo‘yicha faoliyatimizni “mahallabay” tashkil etdik.
Unga ko‘ra, har bir mahallaga alohida yondashgan holda, manzilli ish olib borish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.
Bunda, “mahalla yettiligi” tomonidan aholining ijtimoiy muammolari aniqlandi va “jinoyatlarning ijtimoiy profilaktikasi”ga tayangan holda hal etilmoqda.
Amalga oshirilgan choralar hamda keng jamoatchilik
bilan uzviy hamkorlikda olib borilgan tizimli
profilaktik tadbirlar natijasida:
- oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar 34 taga yoki
21 foizga, jinoyat sodir etgan shaxslar 39 nafarga
yoki 28 foizga kamayishiga erishildi;
- 49 ta mahallaning 65 foiz yoki 32 tasida jinoyatlarning oldi olindi;
- «qizil» toifadagi mahallalar 8 tadan 2 taga yoki
75 foizga kamaydi.
Hurmatli fuqarolar !
Tumanimizda sodir etilayotgan jinoyatlarning aksariyat qismini o‘g‘rilik, firibgarlik va yo‘l transport
hodisalari kabi jinoyatlarni tashkil etadi.
O‘tgan yilda sodir etilgan o‘g‘rilik jinoyatining yarmidan ko‘pi fuqarolarimiz o‘z mol – mulklarini qarovsiz qoldirganliklari oqibatida yuz bergan.
Shu bois, aholi gavjum joylar va ko‘p qavatli
uylar atrofida viktimologik tadbirlar o‘tkazilib, 438 tadan ortiq qarovsiz qoldirilgan mol – mulklar aniqlandi
va egalari ogohlantirilgan holda qaytarildi.
Ayniqsa, hududdagi sodir etilgan o‘g‘irliklarning asosiy qismi velisoped, uy joy va boshqa mol – mulklarni ochiq
tashlab ketishi oqibatida sodir etildi.
Shu bois, mol – mulkingizga ehtiyot bo‘ling,
e’tiborsizligingiz yoki beparvoligingiz tufayli jinoyat qurboniga aylanib qolmang.
Hurmatli fuqarolar!
Keyingi vaqtlarda sodir etilayotgan jinoyatlarning
deyarli teng yarimini kibermakonda sodir etilayotgan
jinoyatlar tashkil etmoqda.
Albatta, fuqarolarimizni kiber tahdidlardan himoya
qilish, mazkur sohaga zamonaviy dasturiy – texnik yechimlar
va yangicha ish usullarini joriy etish bo‘yicha kompleks
choralar ko‘rilmoqda.
Ammo, har birimiz o‘zimizda bu turdagi jinoyatlarga
qarshi immunitet xosil qilmasak ko‘zlangan natijaga erishib bo‘lmaydi.
Tahlillarga ko‘ra, fuqarolarimiz e’tiborsizligi yoki
oson pul topish ilinjida internet tarmoqlari orqali
kelgan har hil fayllarni yoki havolalarni ochishlari
natijasida o‘zlarining shaxsiy ma’lumotlarini kiber-
makondagi jinoyatchilarga taqdim etib, ularning osonlik
bilan pullarini qo‘lga kiritilishiga yo‘l ochib berilmoqda.
Hurmatli yurtdoshlar, endi e’tiboringizni avtoavariyalarga qaratsam.
O‘tgan yilda 43 ta holatda yo‘l harakati xavfsizligi hodisalari bilan bog‘liq jinoyatlar sodir etilib, o‘tgan
yilning shu davriga nisbatan kamaygani bilan, odamlar o‘limi bilan bog‘liq holatlarga barham berilmayapdi.
Haydovchilarning yo‘l harakati qoidalarga bepisand bo‘lganliklari oqibatida begunoh 9 nafar shaxs hayotdan
bevaqt ko‘z yumdi, 36 nafar shaxs bir umrga nogiron
bo‘lib qoldi.
Qadrli yurtdoshlar !
- jamiyatda xavfsiz muhitni ta’minlash ishlariga
barchamiz birdek mas’uliyat bilan yondoshsak;
- o‘z uyimiz, o‘z mahallamiz, o‘z yurtimizning tinchligi va osoyishtaligiga daxldorligimizni chuqur his qilsak;
- jamiyatda huquqiy madaniyatni shakllantirish, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlashga har birimiz o‘z
xissamizni qo‘shsak oilamiz, mahallamiz, yurtimiz tinch va osoyishta maskanga aylanadi.
E’tiborlaringiz uchun rahmat!
Bahram Masharipov, Amudaryo tumani prokurori.
