Buyuk mutafakkir xotirasiga ehtirom
2026-02-09 10:55:00 / Yangiliklar

9-fevral — o‘zbek mumtoz adabiyotining sultoni, buyuk mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludi munosabati bilan tuman Madaniyat bo‘limi tasarrufidagi 34-sonli madaniyat markazida mazmunli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir 34-sonli madaniyat markazi ijodiy xodimlari hamda 38-sonli umumta’lim maktabi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Unda Alisher Navoiyning boy adabiy merosi, insonparvarlik va ma’rifatga chorlovchi g‘oyalari keng targ‘ib qilindi.
Ijodkorlar tomonidan mutafakkir qalamiga mansub g‘azallar asosida kuy-qo‘shiqlar ijro etilib, milliy raqslar namoyish etildi. Shuningdek, Alisher Navoiy hayoti va serqirra ijodiga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishlari tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.
Mazkur tadbir yosh avlod qalbida buyuk ajdodlarimiz merosiga hurmat, milliy qadriyatlar va kitobxonlik madaniyatini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
📖 Navoiy merosi — ma’naviyatimizning bitmas-tuganmas xazinasi.









