Korrupsiya - taraqqiyot kushandasi
2026-01-12 09:40:00 / Yangiliklar

Bugun jamiyatimiz korrupsiyaning mamlakat rivoji va farovonligi uchun naqadar xavfli illat ekanligini tobora chuqur anglab bormoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi yig‘ilishida berilgan topshiriqlar asosida ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritasi” barcha sohalarda korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatining aniq mezonlarini belgilab berdi. Shu asosda, prokuratura organlari tomonidan ushbu yo‘nalishdagi faoliyat muvofiqlashtirilib, nazorat tadbirlari hamda targ‘ibot ishlari muntazam olib borilmoqda.
Amudaryo tuman prokurori Bahram Masharipov rahbarligida “Yo‘l xaritasi”dan kelib chiqib, tumandagi barcha tashkilotlar kadrlar bo‘limi va buxgalteriya xodimlari ishtirokida mavzuga oid targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda aholi bandligini ta’minlash va davlat xaridlarini amalga oshirish jarayonlarida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, xizmat intizomi va mas’uliyatni kuchaytirish, jamoatchilik bilan hamkorlikda profilaktik ishlarni olib borish hamda korrupsiya holatlarining oldini olish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.





