G‘alla parvarishi bo‘yicha ko‘rgazmali seminar bo'lib o'tdi
2026-01-03 17:25:00 / Yangiliklar

Amudaryo tumani To‘lqin ovulidagi “Ahmad To‘rayev” fermer xo‘jaligida g‘alla parvarishiga bag‘ishlangan ko‘rgazmali seminar tashkil etildi.
Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Anvar Xalimbetov, tuman hokimi o‘rinbosari Anvar Yo‘ldashev, soha mutaxassislari hamda fermerlar ishtirok etdi.
Seminar davomida g‘allani parvarishlashda zamonaviy agrotexnik usullar, hosildorlikni oshirish hamda tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.



