Amudaryo tumanida Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan Hosil bayrami tantanali ruhda keng nishonlandi
2025-12-25 16:15:00 / Yangiliklar

Mehnatga ehtirom, hosilga shukrona!
Tumandagi “Jayxun” nomli tantanalar saroyida soha fidoyilari — fermer va dehqonlar uchun bayram dasturxoni yozilib, ko‘tarinki kayfiyatda tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Mehriddin Muhammadiev - O‘zbekiston Fermerlari kengashi bo‘lim boshlig‘i, Anvar Jumanazarov — Jo‘qorg‘i Kengesi Qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha qo‘mita raisi, Abdirov Muratbay — Jo‘qorg‘i Kengesi raisi maslahatchisi, shuningdek, Amudaryo tumani hokimi Sobir Xo‘jametov ishtirok etib, so‘zga chiqdilar. Nutqlarda qishloq xo‘jaligi sohasida fidokorona mehnat qilayotgan fermer va dehqonlarning zahmati alohida e’tirof etilib, barchaga samimiy bayram tabriklari yo‘llandi.
Bayram tadbiri davomida qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan ilg‘or fermerlar, dehqonlar va soha mutaxassislari qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. Bu e’tirof ularning mehnatiga berilgan yuksak baho bo‘ldi.
Shuningdek, bayram dasturi doirasida respublika va tuman miqyosidagi ijodkorlar tomonidan kuy-qo‘shiqlar ijro etilib, tadbir ishtirokchilariga unutilmas lahzalar va yuqori bayramona kayfiyat ulashildi.
Hosil barakasi, mehnatga hurmat va kelajakka ishonch ruhi bilan o‘tgan bayram tadbiri barchaning qalbida iliq taassurotlar qoldirdi.









