"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida mahallalar ko'kalamzorlashtirilmoqda
2025-12-09 17:55:00 / Yangiliklar

Amudaryo tumani Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekologiyani yaxshilash, yashil hududlarni kengaytirish va aholi uchun qulay muhit yaratishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Bugungi kunda Olmazor mahallasi hududidagi Barkamol avlod ko‘chasida katta obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari boshlab yuborildi. Xususan:
jami 1502 dona ko‘chatlar:
502 dona archa
500 dona katalpa
500 dona yapon saforasi
ekilib, hududning ekologik barqarorligini mustahkamlash va aholiga yanada ma’qul yashash sharoitini yaratishga xizmat qilmoqda.
Ko‘kalamzorlashtirish ishlari nafaqat ko‘cha va mahallalarning ko‘rkiga ko‘rk qo‘shadi, balki havoning tozaligi, mikroiqlimni yaxshilash hamda yoshlar uchun sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
“Yashil makon” loyihasi — bu ertangi avlodga munosib, musaffo va yashil muhit qoldirish yo‘lida tashlanayotgan navbatdagi muhim qadamlardan biridir.









