Rasmiy munosabat
2025-12-05 16:35:00 / Press-relizlar

Ijtimoiy tarmoqda yoritilgan Amudaryo tumani Bo'z solma mahalla fuqarolar yig'ini saylovi to'g'risidagi muorjaat yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz.
Bo‘z solma mahalla fuqarolar yig‘ini hududida aholining yashash joylarida umumiy yig‘ilishlari o‘tkazilib, 239 nafar fuqarolar vakillari saylanganligi, saylovga doir ishlarning barchasi ish rejaga muvofiq amalga oshirilayotganligi, shuningdek, aholi o‘rtasida tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borilganligini bildiramiz.
Alohida qayd etish joizki, “Fuqarolar yig‘ini raisi saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga muvofiq yig‘in raisiga nomzodlar ko‘rsatish ishchi guruh vakolatiga berilgan, mazkur Qonunning 16 va 17-moddalarida nomzodlar ko‘rsatish hamda nomzodga qo‘yiladigan talablar belgilab berilgan.
Hududda yashovchi aholining fikrlari o‘rganib chiqilganida aholi tomonidan yig‘in raisi lavozimiga quyidagi 11 nafar shaxslar taklif qilingan.
1. Abdullayev San’at, Bo‘z solma mahallasi
2. Matyakubov Baxadir, Bo‘z solma mahallasi
3. Jumaniyazov Muzaffar, Bo‘z solma mahallasi
4. Yusupov Gulimboy, Bo‘z solma mahallasi
5. Atamuratov Zafar, Bo‘z solma mahallasi
6. Matnazarov Jaxongir, Bo‘z solma mahallasi
7. Mahmudov Alisher, Bo‘z solma mahallasi
8. Pirmilov Nurbek, Bo‘z solma mahallasi
9. Allamov Bektemir, Bo'z solma ahallasi
10. O‘rinbayeva Muxayyo, Bo‘z solma mahallasi
11. Yuldashev Azizbek, Bo‘z solma mahallasi
“Fuqarolar yig‘ini raisi saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasida fuqarolar yig‘ini raisi va saylovining muqobillik asosida o‘tkazilishi, 16-moddasida fuqarolar yig‘ini raisi lavozimiga nomzodlarning o‘z nomzodi ko‘rsatilishiga yozma roziligi olinishi belgilab qo‘yilgan hamda yozma rozilik xati olingan quyidagi shaxslar yig‘in raisi lavozimiga nomzod qilib ko‘rsatilgan
1. Abdullayev San’at, Bo‘z solma mahallasi
2. Matyakubov Baxadir, Bo‘z solma mahallasi
3. Yusupov Gulimboy, Bo‘z solma mahallasi
4. Atamuratov Zafar, Bo‘z solma mahallasi
Yuqoridagi 4 nafar nomzodlar Ishchi guruhning 2025-yil 4-dekabr kungi 3-sonli bayonnomasi ilova qilinib, tuman komissiyasiga 1-sonli xati bilan taqdim qilingan. Shunga asosan 2025-yil 5-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar yig‘ini raisi saylovi to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga asosan Abdullayev San’at, Matyakubov Baxadir, Otamuratov Zafar hamda Yusupov Gulimboy Bo‘z solma mahalla fuqarolar yig‘ini raisi lavozimiga nomzod sifatida fuqarolar vakillari yig‘ilishida ovozga qo‘yilishiga hokim xulosasi bilan kelishim berilgan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi “Fuqarolar yig‘ini raisi saylovi to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasi talablariga javob bergan yuqoridagi 4 nafar shaxsning nomzodi ko‘rsatilganligini, ushbu modda talablariga to‘g‘ri kelganligi bois yuqoridagi nomzodlarni saylovdan cheklashga hech qanday asos yo‘qligini bildiramiz.
A.Yo'ldashev, Amudaryo tumani hududida fuqarolar yig‘inlari raislari saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi tuman komissiyasi raisi o‘rinbosari.
