Halollik va ochiqlikni ta’minlashda yangi yondashuvlar
2025-11-08 10:20:00 / Yangiliklar

Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangan. Bu borada qabul qilingan qonun va normativ hujjatlar ijrosini ta’minlash, davlat boshqaruvi tizimida ochiqlik va shaffoflikni kengaytirish, halollik tamoyillarini mustahkamlash bo‘yicha izchil ishlar olib borilmoqda.
Shu maqsadda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i B.Matmuratov ishtirokida soha xodimlari bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida korrupsiyaga qarshi kurashishning dolzarb vazifalari, huquqiy mexanizmlari va xodimlar mas’uliyatini oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Uchrashuvda davlat organlari faoliyatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan korrupsiya xavf-xatarlarini aniqlash, ularning oldini olish, profilaktik chora-tadbirlarni kuchaytirish hamda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish zarurligi ta’kidlandi. Shuningdek, xodimlarga korrupsiyaga qarshi kurashishda murosasiz pozitsiyada bo‘lish, halollikni kasbiy faoliyatning asosiy mezoni sifatida ko‘rish zarurligi alohida eslatib o‘tildi.
Tadbir yakunida soha vakillariga qonuniylik, adolat va shaffoflik tamoyillarini amalda tatbiq etish bo‘yicha aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berildi. Bundan tashqari, korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslikda jamoatchilik nazorati va fuqarolarning faol ishtiroki muhim omil ekani ta’kidlandi. Ushbu uchrashuv korrupsiyaga qarshi kurashishni yangi bosqichga ko‘tarish, halollik va ochiqlikni ta’minlashda muhim amaliy ahamiyatga ega.






