Jamg‘arma haqida

Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi — qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining tabiiy va texnogen ofatlar hamda boshqa sug‘urta hodisalari oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan moliyaviy yo‘qotishlarini kamaytirishga xizmat qiluvchi davlat tashkilotidir.
Jamg‘arma O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 14-apreldagi O‘RQ-1056-son Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-223-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 772-son qarori asosida tashkil etilgan.
Jamg‘armaning asosiy vazifalari qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘urtalash tizimini rivojlantirish, sug‘urta mukofotlarini subsidiyalash mexanizmlarini amalga oshirish, sug‘urta hodisalari yuz berganda zararlarni qoplash jarayonini tashkil etish hamda agrar sohada moliyaviy barqarorlikni ta’minlashdan iborat.
Mazkur sug‘urta tizimi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash, hosil yo‘qotishlari bilan bog‘liq tavakkalchiliklarni kamaytirish hamda agrar sohada barqaror rivojlanishni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 14.04.2025 yildagi O‘RQ-1056-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 21.11.2025 yildagi PF-223-son
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 06.12.2025 yildagi 772-son
