“AgriConnect”: agrar tarmoqni rivojlantirişga qaratilgan yangi taşabbus
2026-11-06 10:00:00 / Yangiliklar

Kecha poytaxtimizdagi “InterContinental Taşkent” mehmonxonasida Özbekistonning “AgriConnect” loyihasini işlab çiqiş va amalga oşiriş masalalariga bağişlangan manfaatdor tomonlar iştirokidagi maslahat yiğilişi bölib ötdi. Tadbirda Qişloq xöjaligi suğurtasi jamğarmasi vakillari ham iştirok etdi.
Yiğilişda sözga çiqqan qişloq xöjaligi vaziri örinbosari Alişer Şukurov agrar sohada belgilangan islohotlarni amaliy natijaga aylantirişda moliyaviy resurslar va aniq loyihalarning ahamiyatiga alohida töxtaldi.
Ta’kidlanganidek, avvalo, kiçik fermer xöjaliklarini har tomonlama qöllab-quvvatlaş, ularning moliyaviy imkoniyatlarini kengaytiriş, şuningdek, xususiy sektorning agrar jarayonlardagi iştirokini kuçaytiriş muhim ahamiyatga ega.
Yiğilişda Jamğarma direktorining birinçi örinbosari Umid Nurmatov ham iştirok etib, qişloq xöjaligi suğurtasi tizimi va uning fermerlarni turli xatarlardan himoya qilişdagi örni haqida ma’lumot berdi.
Şu nuqtayi nazardan, “AgriConnect” loyihasini qanday mexanizmlar asosida boşlaş, uni amalga oşiriş bosqiçlarini belgilaş, ustuvor yönalişlarni aniqlaş va kutilayotgan natijalarga erişiş masalalari muhokamaning asosiy mavzularidan biri bölmoqda.
Tadbir davomida qator taqdimotlar ham ötkazildi. Ularda loyihani amaliyotga tatbiq etişda e’tibor qaratilişi lozim bölgan jihatlar, manfaatdor tomonlarning vazifalari va hamkorlik yönalişlari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.





