Jahon banki bilan hamkorlik: qişloq xöjaligini raqamlaştiriş yölida yangi qadam
2026-11-04 15:00:00 / Yangiliklar

Qişloq xöjaligi vazirligida Qişloq xöjaligi vazirligi, Qişloq xöjaligi suğurtasi jamğarmasi hamda Jahon banki vakillari iştirokida uçraşuv bölib ötdi.
Uçraşuvda quyidagi masalalar yuzasidan muzokaralar olib borildi:
✅ Özbekiston qişloq xöjaligi sohasini modernizatsiya qiliş;
✅ qişloq xöjaligi suğurtasi sohasiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş va uni raqamlaştiriş;
✅ qişloq xöjaligida dronlardan foydalaniş;
✅ sohani raqamlaştiriş uçun 1-bosqiçda 100 million AQŞ dollari miqdorida subsidiya ajratiliş masalasi.
Yiğilişda Qişloq xöjaligi suğurtasi jamğarmasi direktorining birinçi örinbosari Umid Nurmatov ham iştirok etdi. U Özbekistondagi qişloq xöjaligi suğurta tizimining bugungi holati haqida ma’lumot berib, sohani yanada rivojlantirişga qaratilgan takliflarini bildirdi.
Eslatib ötamiz, bugungi kunda fermerlar Agrosafe.uz platformasi orqali suğurta şartnomasi uçun onlayn ariza beriş va suğurta hodisasi haqida xabar beriş imkoniyatiga ega. Platforma 13 ta taşkilot bilan integratsiya qilingan. Suğurta mukofotining 50 foizini esa davlat qoplab bermoqda.
Xalqaro hamkorlik doirasidagi bu kabi taşabbuslar fermerlarimizni tabiiy xatarlardan himoya qiliş tizimini yanada zamonaviy, şaffof va qulay qilişga xizmat qiladi.


