Mustaqil ekspertlarni o‘qitish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari haqida e’lon!
2026-10-06 10:00:00 / Yangiliklar

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-223-son Farmoni asosida qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urta qilish tizimini takomillashtirish maqsadida mustaqil ekspertlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kursi tashkil etilmoqda.
📌 Dastur dehqonchilik va bog‘dorchilik, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik yo‘nalishlarida doirasida:
➖ sug‘urta hodisasi ehtimolini tahlil qilish;
➖ sug‘urta obyektlarini ko‘zdan kechirish;
➖ sug‘urta hodisasining mavjudligini aniqlash;
➖ yetkazilgan zarar miqdorini baholash bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.
👥 Mazkur o‘quv kursi qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi sohasida faoliyat yurituvchi yoki ushbu yo‘nalishda ishlashni rejalashtirayotgan mutaxassislar uchun mo‘ljallangan.
📖O‘quv mashg‘ulotlar 2026-yil 2-noyabrdan boshlanadi!
📍Manzil: Toshkent viloyati Qibray tumani Universitet ko‘chasi 2-uy, Toshkent davlat agrar universiteti “Renessans” ma’ruzalar binosi
📞 Murojaat uchun jamg‘arma vakili:
(+998.97) 439-44-00), (+998.92) 093-28-88
🕊Telegram: @orif_botirov2888
