Jahon bankining AgriConnect dasturi bilan uchrashuv o‘tkazildi
2026-10-05 17:00:00 / Yangiliklar

Bugun Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasida Jahon bankining (World Bank) AgriConnect dasturi rahbari Pierre Gerber boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🤝 Uchrashuv davomida Jamg‘armaning qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi sohasidagi ustuvor yo‘nalishlari hamda AgriConnect dasturi doirasida texnik va institutsional ko‘mak ko‘rsatish imkoniyatlari muhokama qilindi.
💻 Shuningdek, qishloq xo‘jaligi sug‘urtasini raqamlashtirish, iqlim xavflarini boshqarish, zamonaviy sug‘urta mexanizmlarini joriy etish va Jamg‘armaning institutsional salohiyatini oshirish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
📌 Uchrashuv yakunida belgilangan ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni davom ettirish hamda amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqishga kelishib olindi.






