Mustaqil ekspertlar uchun o‘quv seminari davom etmoqda
2026-09-09 11:00:00 / Yangiliklar

O‘quv seminarning mantiqiy davomi sifatida bugun 4-bosqichda mustaqil ekspertlikka nomzodlar uchun navbatdagi amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilmoqda.
Qishloq xo‘jaligi sug‘urta jamg‘armasi Sug‘urta vositachilari va mustaqil ekspertlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Alisher To‘lqinov hamda Agrosanoatni raqamlashtirish markazi boshqarma boshlig‘i Anvar Azimov ishtirokida nomzodlarga Agroportal va Agrosafe tizimlari orqali ishlash tartibi va tizimdan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy o‘quv kursi o‘tkazilmoqda.
O‘quv mashg‘ulotlari davomida mustaqil ekspertlikka nomzodlarning raqamli tizimlar bilan ishlash ko‘nikmalarini oshirish, sug‘urta jarayonlarini elektron shaklda yuritish hamda platformalardan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy bilimlari mustahkamlanmoqda.
📚 Seminar doirasidagi nazariy va amaliy mashg‘ulotlar mustaqil ekspertlarni zamonaviy raqamli tizimlardan samarali foydalanishga tayyorlashga qaratilgan.



