Agroportalda ham g‘alla ekinlarini sug‘urta qilish xizmati joriy etildi
2026-09-04 10:00:00 / Yangiliklar

Qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish va fermerlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar izchil davom etmoqda.
Endilikda Qishloq xo‘jaligi vazirligining “Raqamli qishloq xo‘jaligi” integratsion platformasi — Agroportal orqali ham g‘alla ekinidan kam hosil olish natijasida ko‘riladigan moliyaviy zararni sug‘urtalash xizmati yo‘lga qo‘yildi.
G‘alla yetishtiruvchi xo‘jaliklar Agroportaldagi shaxsiy kabineti orqali onlayn ariza yuborib, sug‘urta shartnomasini masofadan turib rasmiylashtirishlari mumkin. Bu vaqt va ortiqcha hujjatbozlikni kamaytiradi.
Sug‘urta mukofotining 50 foizi fermer tomonidan, qolgan 50 foizi esa davlat subsidiyasi hisobidan qoplab beriladi.
Yangi xizmat g‘alla yetishtiruvchilarning kutilmagan xatarlardan moliyaviy himoyalanishi va sug‘urta xizmatlaridan tez va qulay foydalanishi uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratadi.
