Xalqaro hamkorlik doirasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda
2026-09-02 15:00:00 / Yangiliklar

Turkiya Respublikasidagi xizmat safari yakunlanganligiga hali hech qancha bo‘lmasidan, Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi direktori Achilov Murodjon Azamatovich boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan xalqaro hamkorlik doirasidagi ishlar uzluksiz davom ettirilmoqda.
Xususan, 🇮🇹 Italiya Respublikasi bilan hamkorlik doirasida Italiyalik ekspertlar Andrea Stoppa va Simone Severini ishtirokida Zoom platformasi orqali navbatdagi onlayn ishchi uchrashuv o‘tkazildi.
🔺Uchrashuv davomida qishloq xo‘jaligida xavflarni boshqarish, ishlab chiqarish va fermer xo‘jaliklari uchun moliyaviy xavflarni boshqarish instrumentlari, shuningdek, namunaviy fermer xo‘jaliklari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni statistik modellashtirish va tahlil qilish masalalari muhokama qilindi.
🔺Shuningdek, uchrashuv davomida xalqaro tajribani o‘rganish, ilg‘or yondashuvlarni amaliyotga joriy etish hamda qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha fikr va takliflar almashildi.
📌 Mazkur uchrashuvlarda muhokama qilingan yo‘nalishlar 21-sentabr kuni Toshkent shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan amaliy o‘quv seminarlarida davom ettiriladi.




