Qishloq xo‘jaligida moliyaviy barqarorlikni ta’minlash: xalqaro hamkorlik va innovatsiyalar
2026-06-10 10:00:00 / Yangiliklar

Forumda 29 mamlakatdan 300 dan ortiq yuqori darajadagi delegatlar ishtirok etib, qishloq xo‘jaligida sug‘urta tizimlarini rivojlantirish, iqlim xavflarini boshqarish, fermerlarning moliyaviy barqarorligini mustahkamlash hamda innovatsion moliyalashtirish mexanizmlarini joriy etish masalalarini muhokama qilmoqda.
🇺🇿 Mazkur xalqaro tadbirda O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi direktori Murodjon Achilov ham ishtirok etmoqda. Tadbir doirasida qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi sohasidagi ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘rganish, hamkorlik aloqalarini kengaytirish hamda sohaga oid innovatsion yondashuvlar yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan.
🌱 Forum qishloq xo‘jaligida barqaror rivojlanishni ta’minlash va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiluvchi muhim platforma hisoblanadi.




