Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi tizimini rivojlantirish bo‘yicha xalqaro hamkorlik kengaymoqda
2026-06-01 10:00:00 / Yangiliklar
Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi vakillari Italiya Respublikasida AGEA va IFAD vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Muzokaralar davomida subsidiyalash tizimini takomillashtirish, agrar sug‘urta sohasida xalqaro tajribani joriy etish hamda raqamli yechimlarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, italiyalik ekspertlar Simone Severini va Andrea Stoppa bilan mutaxassislar uchun online hamda offline o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etish, tizimni yanada rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik kelishuviga erishilindi.
✅ IFAD vakillari bilan istiqboldagi qo‘shma loyihalar, grant dasturlari va investitsiyalarni jalb etish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.
✅ Mazkur hamkorlik qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi tizimini takomillashtirish va xalqaro tajribalarni amaliyotga keng joriy etishga xizmat qiladi.






