Ozarbayjonda agrar sug‘urta sohasida muhim xalqaro hamkorlik Bitimi imzolandi!
2026-05-08 10:00:00 / Yangiliklar
Ozarbayjon Respublikasida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi hamda Ozarbayjon Respublikasi Agrar sug‘urta jamg‘armasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim imzolandi.

Mazkur Bitim qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi tizimini rivojlantirish, fermer va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarini turli risklardan himoya qilish, zamonaviy sug‘urta mexanizmlarini joriy etish hamda sohada xalqaro tajriba almashinuvini kengaytirishga xizmat qiladi.
Hamkorlik doirasida:
🔹 sug‘urta tizimlarini takomillashtirish;
🔹 sug‘urta to‘lovlari va kompensatsiya mexanizmlari bo‘yicha tajriba almashish;
🔹 agrar risklarni baholash va boshqarish tizimlarini rivojlantirish;
🔹 raqamli texnologiyalar, monitoring va nazorat mexanizmlarini joriy etish;
🔹 seminar, trening, uchrashuv va konferensiyalar tashkil etish






