Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasida xorijiy ekspertlar ishtirokida onlayn yig‘ilish o‘tkazildi
2026-07-16 17:50:00 / Yangiliklar

Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi Sug‘urtalash boshqarmasi boshlig‘i Umid Rahimov boshchiligida Italiyalik ekspertlar Andrea Stoppa va Simone Severini ishtirokida "Zoom" platformasi orqali online ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida joriy yilning 21-iyul sanasidan boshlanadigan salohiyatni oshirish o‘quv dasturlariga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.
Xususan, o‘quv jarayonida foydalaniladigan fermer xo‘jaliklari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni shakllantirish bo‘yicha quyidagi yo‘nalishlar ko‘rib chiqildi:
🔹 fermer xo‘jaliklarining geografik joylashuvi;
🔹 asosiy ishlab chiqarish yo‘nalishi;
🔹 yer maydoni;
🔹 mehnat resurslari hajmi (FTE ko‘rsatkichi).
Shuningdek, o‘quv guruhlarini shakllantirish, guruhlar tarkibini tegishli bo‘limlar kesimida belgilash hamda fermer xo‘jaliklarini guruhlar o‘rtasida samarali taqsimlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Yig‘ilishda salohiyatni oshirish dasturlariga mustaqil ekspertlarni jalb etishning ahamiyati alohida ta'kidlandi. Ularning ishtiroki qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi sohasida zamonaviy yondashuvlarni joriy etish, xalqaro tajribani o‘rganish va mutaxassislarning kasbiy salohiyatini yanada oshirishga xizmat qilishi qayd etildi.
Mazkur o‘quv dasturlari Jamg‘arma xodimlarining bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, shuningdek, Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan.



