Asosiy kontentga o'tish

Qishloq xo‘jaligi vazirligida "Kasbiy ma’rifat soati" o‘tkazildi

2025-04-04 19:05:00 / Yangiliklar

Qishloq xo‘jaligi vazirligida xodimlarning kasbiy bilim va malakalarini oshirishga qaratilgan navbatdagi "Kasbiy ma’rifat soati" tashkil etildi.

 

Tadbirda Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti direktori Rajabboy Xudaykulov ishtirok etdi va "Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan amalga oshirilayotgan ilmiy-innovatsion faoliyat natijalari, ilg‘or xorijiy va mahalliy tajriba hamda texnologiyalarni joriy qilish" mavzusida taqdimot o‘tkazdi.

 

Taqdimotda institutning ilmiy-texnikaviy tadqiqotlari, zamonaviy texnologiyalarning qishloq xo‘jaligiga tatbiq etilishi, shuningdek, xorijiy tajribalarni o‘rganish va ularni mahalliy sharoitga moslashtirish borasidagi ishlari muhokama qilindi.

 

Rajabboy Xudaykulov, shuningdek, qishloq xo‘jaligi mexanizatsiyasining rivojlanishi nafaqat ishlab chiqarish samaradorligini oshirishi, balki mehnat unumdorligini va iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda muhim rol o‘ynashini ta’kidladi.

 

Tadbirda qatnashchilar tomonidan bildirilgan savollar va takliflar, qishloq xo‘jaligi sohasining ilmiy-innovatsion rivojlanishini yanada jadallashtirishga xizmat qilishi muhimligi ta’kidlandi.

 

Bu kabi tadbirlar xodimlarning kasbiy malakalarini oshirish va yangi bilimlar bilan tanishtirishga imkon yaratadi, shu bilan birga, soha rivojlanishining yangi yo‘nalishlarini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi.

130

Oxirgi yangilanish: 2025-04-04 19:10:35

Qishloq xo‘jaligi vazirligida "Kasbiy ma’rifat soati" o‘tkazildi