Asosiy kontentga o'tish

O‘zbekiston – Tojikiston: istiqboldagi hamkorlik aloqalari muhokama qilindi

2025-04-04 11:45:00 / Yangiliklar

Samarqandda o‘tkazilayotgan “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” birinchi sammiti oldidan O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov hamda Tojikiston Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Abdujabbor Rahmonzoda o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

Qisqa davom etgan muloqot chog‘ida istiqboldagi rejalar, agrar sohadagi hamkorlikni rivojlantirish va takomillashtirish, shuningdek, do‘stona aloqalarni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

 

Albatta, sammit oldidan turli yo‘nalishlardagi masalalarning muhokama qilinishi tabiiy holat. Biroq agrar soha o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, u bilan bog‘liq uchrashuvlar vaqt va makonga qaramasdan o‘tkazilaveradi. Shu jihatdan, vazir Ibrohim Abdurahmonov har bir imkoniyatdan samarali foydalanib, sammit boshlanishidan oldin ham agrar sohadagi dolzarb mavzularni turli formatlarda muhokama etib borayotgani yaxshi an’anaga aylangan.

 

Bugungi uchrashuv ham mamlakatlarimiz o‘rtasida o‘zaro ishonchga asoslangan hamkorlik aloqalarini yangi bosqichda shakllantirish va rivojlantirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

106

Oxirgi yangilanish: 2025-04-04 12:17:57

O‘zbekiston – Tojikiston: istiqboldagi hamkorlik aloqalari muhokama qilindi