Asosiy kontentga o'tish

Qishloq xo‘jaligi vazirligida Navro‘z bayrami keng nishonlandi

2025-03-19 19:00:00 / Yangiliklar

21-mart – Navro‘z bayrami munosabati bilan Qishloq xo‘jaligi vazirligida katta bayram tadbiri tashkil etildi. Unda tizimda faoliyat yurituvchi mutasaddilar, soha fidoyilari, quyi tizim tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

 

Tadbir avvalida soha rivojiga ulkan hissa qo‘shgan ishbilarmon fermerlar, dehqonlar va agrotexnologiyalarni rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shgan mutaxassislarga minnatdorlik bildirildi.

 

Shuningdek, bayram dasturida o‘zbek estradasining eng yorqin vakillari tomonidan madaniy chiqishlar namoyish etdilar. Milliy kuy-qo‘shiqlar, raqslar va ko'ngilochar tomoshalar bayramona ruhni yanada oshirib, yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

 

Ushbu bayram tadbiri Navro‘z an’analarini e’zozlash bilan birga, qishloq xo‘jaligi sohasidagi jamoatchilikni birlashtirish, mehnatkashlarning fidokorona xizmatlarini qadrlash va yangi marralar sari ilhomlantirishga qaratilgan muhim tashabbus sifatida e'tirof etildi.

362

Oxirgi yangilanish: 2025-03-19 19:02:56

Qishloq xo‘jaligi vazirligida Navro‘z bayrami keng nishonlandi