Asosiy kontentga o'tish

Afg‘onistonga mobil laboratoriya torshirildi

2025-03-15 18:40:00 / Yangiliklar

​ Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning mintaqada yaxshi qo‘shnichilik muhitini yaratish va qo‘shni davlatlar bilan hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan ko‘rsatayotgan tashabbuslari va bu borada amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlari o‘zining amaldagi natijasini berayotgani sir emas.

Bugun iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari qatori aynan qishloq xo‘jaligi bo‘yicha ham qo‘shni davlatlar bilan hamkorlikda  tomonlar uchun birdek manfaatli bo‘lgan istiqbolli loyihalar amalga oshirilmoqda. 

 

Jumladan, O‘zbekiston Qishloq  xo‘jaligi vazirligining  Afg‘oniston qishloq xo‘jaligi, irrigatsiya va chorvachilik vazirligi bilan ham qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligi, don va dukkakli ekinlarni yetishtirish, tuproqshunoslik, chorvachilik yo‘nalishlarida  hamkorligi  tomonlarning o‘zaro manfaatlari uchun xizmat qilmoqda.

 

O‘zbekiston va Afg‘oniston hukumati rahbarlari kelishuviga asosan tuproq tahlillarini olib borishga ixtisoslashgan va barcha zaruriy uskunalar bilan jihozlangan mobil laboratoriya bugun Hayraton postida  Afg‘oniston tomoniga taqdim etildi. 

 

  Tomonlarning kelishuviga ko‘ra, mobil laboratoriya Kobulga yetkazilgandan so‘ng mamlakatimizning tuproqshunos olimlari  tomonidan afg‘onistonlik tuproqshunos izlanuvchilar uchun 3 kunlik seminar-treninglar o‘tkaziladi.

184

Oxirgi yangilanish: 2025-03-15 18:47:08

Afg‘onistonga mobil laboratoriya torshirildi