Sholichilik sohasida yangi hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi
2025-02-21 18:30:00 / Yangiliklar

Muloqot davomida kompaniya direktori Chinori Tokita yurtimizda ilm-fan, ishlab chiqarish va ko‘plab sohalarda keng imkoniyatlar yaratilganligini aytib o‘tdi.
Uchrashuv davomida institut direktori Mas’udjon Sattarov sholichilik sohasida olib borilayotgan izlanishlar, ilmiy-tadqiqotlar va institut faoliyati haqida qisqacha ma’lumot berdi.
Shundan so‘ng, ikki tashkilot o‘rtasida kelishuv memorandumi imzolandi.
Unga ko‘ra, suv va metan chiqindilarini kamaytirish va global miqyosda qayta ishlash uchun sholi yetishtirishda yapon kompaniyasi tomonidan taqdim etilayotgan maxsus biopreparatdan foydalangan holda sholini quruq dalalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ekish va suvni tejovchi tadqiqotning dastlabki sinov ishlarini o‘tkazishga kelishib olindi.