O‘zbekiston – Isroil: Agrohamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
2025-02-21 15:50:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda qishloq xo‘jaligidagi hamkorlikni kengaytirish va “MASHAV” dasturi doirasidagi aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Isroil murakkab iqlim sharoiti va suv tanqisligiga qaramay, qishloq xo‘jaligida ilg‘or innovatsiyalarni joriy etgan yetakchi davlatlardan biridir. Uchrashuvda vazir O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berib, hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlariga to‘xtaldi.
Elchi Lustig Gideon Isroilning tabiiy resurslarni tejash, tadbirkorlikni rivojlantirish va qishloq aholisi farovonligini oshirish tajribasini taqdim etdi hamda O‘zbekiston bilan agrar sohadagi hamkorlikning ahamiyatini ta’kidladi.
Uchrashuv so‘ngida sohaga innovatsion texnologiyalarni joriy etish, iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlarini yumshatish, agrar sohaga ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish, “MASHAV” dasturi doirasida mamlakatimizdagi agrar soha xodimlari uchun seminarlar tashkil etish bo‘yicha kelishib olindi.