O‘zbekiston-Italiya: Yangi hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi
2025-01-10 15:30:00 / Yangiliklar
Unda ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini kengaytirish, yangi, istiqbolli loyihalarni amaliyotga joriy etish masalalari muhokama qilindi.
Muloqot avvalida vazir Ibrohim Abdurahmonov O‘zbekiston-Italiya o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari tobora rivoj topayotgani, ayniqsa qishloq xo‘jaligi sohasida o‘zaro tajriba almashish, agrar ta’lim yo‘nalishida talabalar almashinuvining tizimli yo‘lga qo‘yilganligini yuqori baholab o‘tdi.
Uchrashuvda shuningdek, iqlim o‘zgarishi muammolariga qarshi kurashishda o‘zaro tajriba almashish, o‘zbekistonlik qishloq xo‘jaligi xodimlarini Italiya qishloq xo‘jaligi standartlarini mamlakatimizda joriy etish borasida trening kurslariga yuborish hamda o‘qitish bo‘yicha ham keyingi rejalar belgilab olindi.
Bundan tashqari, Italiya qishloq xo‘jaligi tajribasini O‘zbekistonda joriy etish bo‘yicha yo‘lga qo‘yiladigan qo‘shma loyihalar borasida ham muhokamalar o‘tkazildi.
Samimiy ruhda o‘tkazilgan uchrashuv yakunida qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov elchi janoblariga hamrohlik qilgan Italiya – O‘zbekiston Savdo palatasi kengashi a’zosi Marko Farchining qishloq xo‘jaligida qilgan xizmatlarini munosib e’tirof etgan holda, "Qishloq xo‘jaligi fidoyisi" ko‘krak nishonini topshirdi.