Hamkorlikdagi mavjud loyihalarning joriy holati muhokama qilindi
2024-11-20 16:45:00 / Yangiliklar
Uchrashuvda BMTning O‘zbekistondagi faoliyatini yakuniy baholashini amalga oshirish doirasida loyihalarning samaradorligi va sohadagi ta’siri, yutuqlari va kamchiliklari to‘g‘risida fikrlar almashildi.
Xususan, bugungi kunda Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda BMTning turli loyihalarining amaliyotga joriy etilishidagi mavjud muammolar hamda ularning yechimlari borasida muhokama o‘tkazildi.
Shuningdek, loyihalarning joriy etilishi natijasida aholi turmush tarzining yaxshilanishi borasida ham bir qancha raqamlar keltirildi. Bundan tashqari, grant loyihalarni joriy etilishida BMTning amalga oshirayotgan sa’y-harakatlari ham muhokama etildi.
Bu kabi loyihalar bugungi kun talabiga mos ekanini, o‘z navbatida, loyihalar bo‘yicha yechilishi kutilayotgan masalalar yuzasidan o‘rganish olib borishni hamda amaliy ishlarni bajarilishini nazorat qilish bo‘yicha bir qator ishlar olib borilayotgani ta’kidlandi.