“Agrosubsidiya” axborot tizimidan Qoraqalpog‘iston Respublikasining paxta, boshoqli don va sholi yetishtiruvchilariga ajoyib yangilik
2024-09-13 18:50:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-iyundagi 348-son qaroriga muvofiq “Agrosubsidiya” ATda 2024-2025-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasining paxta, boshoqli don va sholi yetishtiruvchi subyektlariga lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregatlar bilan tekislangan har bir gektar ekin maydoniga sarflangan yonilg‘i-moylash materiallari xarajatlarining 100 foizini, biroq 1 mln so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdorda xarajatlari uchun subsidiya ajratish belgilangan.
Qarorga ko‘ra, dastlab 2024-yilda Amudaryo, To‘rtko‘l va Beruniy tumanlaridagi loyihalar uchun subsidiyalar ajratiladi. 2025-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha tumanlaridagi loyihalar uchun subsidiyalar ajratiladi.
Bugungi kunda “Agrosubsidiya” AT orqali sohadagi 50 turdagi subsidiyalarni olish uchun ariza topshirishdan, subsidiya mablag‘larini talabgorning hisob raqamlariga tushishigacha bo‘lgan jarayonlar to‘liq raqamlashtirildi.