G‘o‘za maydonlarida chilpish ishlarini sifatli o‘tkazilishi Inspeksiya nazoratida
2024-07-27 15:00:00 / Yangiliklar
Hududlarda bugungacha g‘o‘za qator oralariga 6,9 marta ishlov berilib, g‘o‘zani bargidan oziqlantirish ishlari 5,4 marta va azotli mineral o‘g‘itlar bilan 3-oziqlantirish ishlari 98% maydonlarda amalga oshirildi.
Joylarda 962 ming gektar yoki 95% g‘o‘za maydonlarida chilpish (chekanka) ishlari amalga oshirildi.
Ushbu tadbir Andijon, Buxoro, Jizzax, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida ushbu tadbir deyarli yakunlangan bo‘lsa, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Sirdaryo viloyatlarida 90-95% g‘o‘za maydonlarida o‘tkazildi.
Shuningdek, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan g‘o‘za maydonlarida chilpish ishlarini muddatida va sifatli o‘tkazilishi bo‘yicha joylarda monitoring tadbirlari olib bormoqda.
O‘tkazilgan monitoring tadbirlari davomida 897 ta fermer xo‘jaliklarining 4 ming 886 gektarida chilpish ishlari kech yoki sifatsiz amalga oshirilganligi maʼlum bo‘ldi.
Bundan tashqari, Inspeksiya tomonidan monitoring tadbirlari o‘tkazilganda 141 ming gektar maydonlarda agrotexnik tadbirlarni bajarilishida xato-kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mahalliy hokimliklar va soha masʼullariga 326 ta taqdimnoma hamda fermer xo‘jaliklari va klaster korxonalari rahbarlariga 16 293 ta ogohlantirishlar berildi.