Fuqaroligi yo‘q shaxsning pasport yoki harakatlanish hujjatini olishi

Yashash guvohnomasi - xorijiy shaxsning yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash huquqini tasdiqlovchi hujjatlar hisoblanadi.
- O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi quyidagilarga beriladi.
- Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini olish uchun jismoniy shaxs yashash joyidagi ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limiga yoki vaqtincha konsullik ro‘yxatida turgan joydagi diplomatik muassasalardan murojaat qilishi kerak.
- Xorijiy shaxslar uchun yashash guvohnomasi 5 yil muddatga beriladi, ammo xorijiy davlat pasportining amal qilish muddatidan oshmasligi kerak, 60 yoshga to‘lganda esa — xorijiy davlat pasporti amal qiladigan butun muddatga beriladi.
- Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga yashash guvohnomasi 5 yil muddatga, 60 yoshga to‘lganda esa muddatsiz beriladi.
- O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashashga ruxsat berish to‘g‘risidagi hujjatlarni vakolatli organlarning har birida ko‘rib chiqish muddati 1 oydan oshmasligi kerak.
- Xorijiy shaxs va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs uchun yashash guvohnomalari, shuningdek fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomasi quyidagi hollarda o‘z kuchini yo‘qotadi.
Норматив ҳужжатлар
- O‘zbekiston Respublikasining "O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida” qonuni
- O‘zbekiston Respublikasining "Davlat boji to‘g‘risida"gi qonuni
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Farmoni
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori. 49-son. 30.01.2020-y.