Firibgarlikdan saqlanish

Har bir iste’molchi tovar sotib olayotganda aldovga (firibgarga) duch kelishi mumkin.
- Avtomashina, televizor, xolodilьnik, kompьyuter, telefon qurilmalari va boshqa shu kabi tovarlarni rasmiy dilerdan (firma do‘konlaridan) sotib olish tavsiya etiladi.
- Tovar sotilganda, sotuvchi kassa (tovar) cheki berishi lozim. Chek tovar bilan bog‘liq nizo kelib chiqqan taqdirda asosiy dalillardan biri hisoblanadi. Shuning uchun tovar sotib olayotganda kassa (tovar) chekini talab qilish lozim.
- Yuqoridagi ma’lumotlarning mavjud emasligi sotuvchining noxolisligidan dalolat beradi va kelgusida sotib oluvchi uchun salbiy oqibatlar keltirib chiqarishi mumkin.
- Bank plastik kartochkadan Internet orqali tovar (xizmat) uchun onlayn to‘lov amalga oshirilganda, plastik kartochka haqidagi ma’lumotni (parolni) begona shaxslarga taqdim etmaslik lozim.
Firibgarlik harakatini sodir etgan aybdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortiladi.