“Samarqand noni”ni milliy brend sifatida shakllantirish masalalariga bagʻishlangan seminar boʻlib oʻtdi
2025-03-03 15:10:00 / Vazirlik yangiliklari

Bugun, 3-mart kuni Samarqand shahrida Adliya vazirligi tomonidan Samarqand viloyati hokimligi bilan hamkorlikda “Samarqand noni”ni milliy brend sifatida shakllantirish masalalari bo‘yicha seminar tashkil etildi.
Ushbu uchrashuvda mahalliy nonvoylarga mahsulotni geografik ko‘rsatkich sifatida muhofaza qilish orqali undan qo‘shimcha daromad manbai sifatida foydalanishning yo‘llari va afzalliklari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Ma’lumot uchun: Adliya vazirligi va Samarqand viloyati hokimligi o‘rtasida “Samarqand noni” geografik ko‘rsatkichini targ‘ib qilish va rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan “Yo‘l xaritasi” tasdiqlangan.