📣 Ayrim davlat xizmatlari xususiy sektorga oʻtkaziladi
2025-02-28 17:50:00 / Vazirlik yangiliklari
Davlat xizmatlarini soddalashtirish va aholiga qulaylik yaratish maqsadida 2025-yil 1-iyuldan 11 ta davlat xizmatlari xususiy sektorga oʻtkazilmoqda. Bu esa xizmat koʻrsatish sifatini oshirish va raqobat muhitini yaratishga xizmat qiladi.
✔️Jamoat birlashmalari yoki uyushmalar tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar:
➖ Rieltorlarning malaka imtihonlarini oʻtkazish va ularga malaka sertifikati berish;
➖Baholovchilarning malaka imtihonlarini oʻtkazish va ularga malaka sertifikati berish;
➖Sud boshqaruvchisi malaka attestatsiyasini berish;
➖Baholovchilarga toifalar berish;
➖ Gid (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchisi va yoʻriqchi-yoʻl boshlovchilarga malaka sertifikatini berish;
➖Tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish.
✔️Akkreditatsiyadan oʻtgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar:
➖Hisoblagichlarni qiyoslashdan oʻtkazish;
➖Karantin ostidagi mahsulotlarni zararsizlantirish (fumigatsiya);
➖Kichik hajmdagi noturar bino va inshootlarni qurish hamda rekonstruksiya qilish jarayonini nazorat qilish;
➖Yakka tartibdagi uy-joylarning qurilishi hamda rekonstruksiya qilish ishlarini nazoratdan oʻtkazish;
➖“M” va “N” toifalardagi gʻildirakli yangi transport vositalarining ekologik toifa talablariga muvofiqligini sertifikatlash.
Asos: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-fevraldagi PQ-78-son (https://lex.uz/pdfs/7408455) qarori.
❗️Davlat xizmatlari borgan sari qulay va yaqin boʻlishi uchun islohotlar davom etadi!