Intellektual mulk huquqini himoya qilish boʻyicha xalqaro ekspertlar ishtirokida seminar tashkil etildi
2025-02-27 15:00:00 / Vazirlik yangiliklari

15-fevraldan intellektual mulk huquqiga rioya qilish, kontrafaktga nisbatan toqatsiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan “Kontrafaktsiz oy” oyligiga start berilgan.
Uning doirasida 25–26-fevral kunlari kontrafaktga qarshi kurashuvchi vakolatli davlat organlari, xususan, adliya, bojxona, soliq organlari va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlarining kontrafakt mahsulotlarni aniqlash boʻyicha bilim va tajribalarini oshirish maqsadida xalqaro ekspertlar jalb qilingan holda seminar oʻtkazildi.
Tadbirda “React” xalqaro kontrafaktga qarshi kurashish tashkiloti ekspertlari, “Panasonic” brendi vakillari hamda “Settle” advokatlik firmasi mutaxassislari ishtirok etdi.
Seminarda intellektual mulk huquqini buzganlik boʻyicha yetkazilgan zararni qoplash, kontrafakt mahsulotlarni tezkorlik bilan aniqlash boʻyicha master-klass oʻtkazilib, huquqbuzarlik ashyolarini olib qoʻyish hamda bojxona va politsiya organlarining kontrafaktga qarshi kurashish, shuningdek, Qozogʻiston Adliya vazirligining intellektual mulk huquqini himoya qilish amaliyoti haqida axborot berib oʻtildi.