Xorazm viloyatida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi 4-nafar notarius litsenziyasining amal qilishi muddati vaqticha to'xtatildi
2025-02-13 17:00:00 / Vazirlik e'lonlari
“Notariat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 152-moddasiga muvofiq Xorazm viloyati adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining 2025-yil 12-fevraldagi 2-sonli majlis bayonnomasiga asosan notariuslar T.Kadirov (litsenziya HZ-0016, 21.04.2020-yil), M.Nuriyev (litsenziya HZ-0002, 21.04.2020-yil) va A.Sultanov (litsenziya HZ-0012, 21.04.2020-yil)ga berilgan litsenziyaning amal qilishi 2025-yil 15-fevraldan 15 kun muddat (minimal talab bilan bog‘liq holatlar to‘xtatilgan muddat davomida bartaraf qilinmaganda bartaraf qilingunga qadar)ga hamda Z.Sultanov (litsenziya HZ № 0004, 21.04.2020-yil)ga berilgan litsenziyaning amal qilishi 2025-yil 17-fevraldan 1 oy muddatga to‘xtatilganligi ma’lum qilinadi