Qoraqalpog‘iston Respublikasida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius litsenziyasining amal qilishi muddati vaqticha to'xtatildi
2025-02-12 11:15:00 / Vazirlik e'lonlari
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi malaka komissiyasining 2025-yil 6-fevral kungi 1-son majlis qarori va Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 6-fevraldagi 26-um-son buyrug‘i bilan Nukus shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius M.Sulaymanov (QR 0002, 20.04.2020-yil) 7-fevral kunidan e’tiboran 1 (bir) oy muddatga litsenziyasining amal qilishi to‘xtatilganligi ma’lum qilinadi.