Tadbirkorlarga intellektual mulk obyektlarini muhofaza va himoya qilish boʻyicha joyiga chiqqan holda amaliy yordam koʻrsatilmoqda
2025-01-28 17:25:00 / Vazirlik yangiliklari
Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti hamda Namangan viloyati adliya boshqarmasi xodimlari tomonidan hududda faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlariga tovar belgisiga ega boʻlishning afzalliklari hamda uning huquqiy himoyasi toʻgʻrisida joyiga chiqqan holda huquqiy tushuntirishlar berildi.
Xususan, “VERIGROW DIAGNOSTIC” MChJ faoliyati bilan tanishildi va ular tomonidan xizmat koʻrsatish belgisi sifatida foydalanilayotgan “BOBURSHOX” hamda “ ATLAS” belgilarini xizmat koʻrsatish belgisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish uchun amaliy yordam berildi.
Shuningdek, intellektual mulk obyektlarini himoya qilish uchun tegishli davlat organlariga murojaat qilish, tovar belgilariga nisbatan huquqbuzarlik uchun javobgarlik choralari toʻgʻrisida batafsil maʼlumot ham berildi.